Asosiy kontentga o'tish

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida joylashgan 7551-sonli Harbiy qism va 12-sonli Jazoni ijro etish koloniyasi xodimlari faoliyati bilan tanishdi

2024-02-09 09:00:00 / Yangiliklar

 

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general mayor B.Yu.Mirzarahimov viloyatning olis hududi- Zarafshon shahridagi tashrifi 7551-sonli Harbiy qismdan boshlandi. Harbiy qismni o‘rganish chog‘ida muddatli askarlar va shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiylar bilan uchrashdi.

Shuningdek, qismdagi harbiy texnikalar, taktik mashg‘ulot maydoni hamda elar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan kutubxona, sport maydoni, oshxona kabi maishiy binolar ahvoli ko‘zdan kechirildi. O‘rganish chog‘ida aksariyat kamchiliklar tuzatilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek Zarafshon shahridagi o‘rganishlari davomida, 12-sonli Jazoni ijro etish koloniyasiga ham tashrif buyurdi. Dastlab muassasada faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan uchrashdi. Shuningdek, mazkur koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni mehnatga jalb etilishi, ishlab chiqarish jarayonlari hamda kelgusidagi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar bilan tanishdi.

Bundan tashqari koloniyada muddatli va shartnoma asosida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilar bilan uchrashib, xizmat jarayonida sergak bo‘lish, yuklatilgan vazifani masʼuliyat bilan bajarish lozimligi taʼkidlandi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

229

Oxirgi yangilanish: 2024-02-09 09:45:53

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida joylashgan 7551-sonli Harbiy qism va 12-sonli Jazoni ijro etish koloniyasi xodimlari faoliyati bilan tanishdi