Asosiy kontentga o'tish

Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev Ekspert-kriminalistika markazi faoliyatini oʻrgandi

2024-02-09 09:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati IIB boshligʻi Namangan viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlarining faoliyati, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat faoliyatlari davomida foydalanib kelayotgan texnika vositalari, maxsus transport vositasi, kriminalistik laboratoriyalar hamda ularning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Oʻrganish davomida har bir ekspert-kriminalist bilan suhbatlashilib, ularning xizmat faoliyati bilan bogʻliq muammolari, jinoyatlarni fosh etishda amaliyotda qoʻllanilayotgan zamonaviy texnologiyalarning samaradorligi va oʻtkazilayotgan ekspertiza turlari boʻyicha axborotlari tinglandi.

Shuningdek, ekspert-kriminalistika markazi xodimlarining hodisa sodir boʻlgan joyga zudlikda chiqishlari va jinoyatlarni fosh etish samaradorligini oshirish maqsadida ularga qulay sharoitga ega boʻlgan xonalar, laboratoriyalar va eng soʻnggi rusumdagi jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

126

Oxirgi yangilanish: 2024-02-09 23:08:35

Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev Ekspert-kriminalistika markazi faoliyatini oʻrgandi