Asosiy kontentga o'tish

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tergovga qadar tekshiruv sifatini oshirish yuzasidan oʻquv seminari tashkil etildi

2024-02-08 11:25:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar tizimida malakali yetuk kadrlarni shakllantirish, jinoyatlarni issiq izidan samarali fosh etish, tergovga qadar tekshiruvni sifatli olib borish va jinoyat protsessual kodeksi talablari asosida bir xil amaliyotni shakllantirish boʻyicha doimiy ravishda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilib kelinmoqda.

6-fevral kuni Boshqarma boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev rahbarligida tashkil etilgan shu kabi oʻquv seminarda Boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman IIB boshliqlari, murojaatlar bilan ishlash guruhi inspektorlari va boshqa tergovga qadar tekshiruvni olib borishga vakolatli xodimlar ishtirok etishdi.

Oʻquv seminarda Ichki ishlar organlariga kelib tushgan murojaatlarni elektron tizimga qayd etish tartibi, tergovga qadar tekshiruvni olib borish usullari va yoʻnalishlari, shuningdek, mavhum holda sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish boʻyicha boshqa hamkor tashkilotlar bilan samarali ish tashkil etish boʻyicha keng tushunchalar berib oʻtildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

75

Oxirgi yangilanish: 2024-02-08 15:46:54

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tergovga qadar tekshiruv sifatini oshirish yuzasidan oʻquv seminari tashkil etildi