Asosiy kontentga o'tish

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Fargʻona viloyati IIBda profilaktika yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, ishchi guruh tashrifining yakunlariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi

2024-01-27 09:55:00 / Yangiliklar

Jumladan vazir oʻrinbosari boshqarma boshligʻi oʻrinbosari-Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi F. Usarov, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi O. Oʻrinboyev hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari D. Oʻrinova ishtirokida viloyatda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida qilingan ishlarni tahlil qildi.

Oldindagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

Shundan soʻng, Vazir oʻrinbosari boshchiligidagi ishchi guruhining Fargʻona viloyatiga tashrifi yakunlariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Fargʻona va Qoʻqon shaharlarida tashkil etilgan yigʻilishlarda boshqarma rahbariyati, shahar-tuman IIB boshliqlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosarlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi mutasaddi rahbarlari hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvlarda tashrif doirasidagi oʻrganishlar va ularning natijalari tahlil qilindi. Jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar ham borligi taʼkidlandi.

2024-yilda mazkur yoʻnalishdagi ishlarni jadallashtirish, jinoyat va huquqbuzarliklar salmogʻini kamaytirish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.

Kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

186

Oxirgi yangilanish: 2024-01-27 11:48:36

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Fargʻona viloyati IIBda profilaktika yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, ishchi guruh tashrifining yakunlariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi