Asosiy kontentga o'tish

Toʻmaris izdoshlari. Qibray tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi xodimasi faoliyati

2024-01-26 09:00:00 / Yangiliklar

Qibray tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi xodimasi katta serjant Nodira Poʻlatova fuqarolar bilan xizmat yuzasidan suhbatlasharkan, vazminlik bilan ularning dardini tinglab, oʻz maslahatlarini beradi.

Oʻn besh yildan buyon erkaklar bilan bir safda xizmat qilib kelayotgan N.Poʻlatova tizimdagi ilk xizmat faoliyatini tuman IIB Statistika guruhi inspektori lavozimida boshladi. Tirishqoqligi, mehnatsevarligi bilan hurmat qozondi.

Bu borada ustozi - podpolkovnik Gulnoza Karimovaning xizmati beqiyos boʻldi.

Kasbimni juda yaxshi koʻraman, — deydi katta serjant Nodira Poʻlatova. Shuning uchun boʻlsa kerak, xizmat faoliyatimda qanday qiyinchilikka duch kelmayin, barchasini yengib oʻtayapman.

Nodira xizmatdan boʻsh paytida ingliz tilini oʻrganishga, sportning voleybol turi bilan shugʻullanishga vaqt sarflaydi.

©️ “Postda” gazetasi. Toshkent viloyati.

174

Oxirgi yangilanish: 2024-01-26 15:02:39

Toʻmaris izdoshlari. Qibray tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi xodimasi faoliyati