Asosiy kontentga o'tish

Andijon viloyatida “Namunali mahalla huquq-tartibot maskanlari” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi

2024-01-26 09:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashida “Namunali mahalla huquq-tartibot maskanlari” koʻrik-tanlovining Andijon viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.

Koʻrik-tanlovda hududlarda joylashgan mahalla huquq tartibot maskanlarida fuqarolarimiz uchun yaratilgan sharoitlar ularning xalqqa yanada yaqinlashish, uning dardu va tashvishlaridan doimo xabardor boʻlish va zarur paytda fuqarolarga yordam berish hamda aholining barcha muammolarini mahallaning oʻzida hal etish borasidagi tashkiliy-amaliy ishlari komissiya aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilib, ularning faoliyatlari har tomonlama oʻrganildi.

Tanlovda mahallalarda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektori, fuqarolar yigʻini raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar masalalari boʻyicha hamda yoʻl patrul xizmati inspektori kabi yoʻnalishlarda eng munosiblar saralandi.

Yakuniy natijalarga koʻra Qoʻrgʻontepa tumani IIB Turon zamin huquq-tartibot maskani boshqa huquq tartibot maskanlariga nisbatan eng namunalisi deb topildi.

Shuningdek,“Namunali mahalla huquq-tartibot maskanlari” koʻrik-tanlovida Hakamlar hayʼatining qaroriga koʻra qolgan nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.

Xususan, “Eng faol MFY raisi” nominatsiyasi gʻolibi Andijon shahar Barkamol MFY raisi Tabbasumxon Isroilova deb topilgan boʻlsa, “Eng faol patrul-post xizmati inspektori” nominatsiyasida gʻoliblikka Andijon viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati batalyoni 3-otryad boʻlinma komandiri safdor Begzod Sobirov munosib koʻrildi.

Shuningdek, “Eng faol xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor” nominatsiyasida gʻoliblik Andijon tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori kapitan Sitora Mamatyakubovaga nasib etdi.

Bundan tashqari, “Eng faol xotin-qizlar faoli”, “Eng faol hokim yordamchisi”,“Eng faol yoshlar yetakchisi”,“Eng faol probatsiya tizimi inspektori”,“Eng faol voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixolog» nominatsiyalari boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.

Koʻrik tanlovda gʻolib va sovrindorlarga qimmatbaho esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. Endilikda har bir yoʻnalishda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qilishadi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

158

Oxirgi yangilanish: 2024-01-26 15:39:12

Andijon viloyatida “Namunali mahalla huquq-tartibot maskanlari” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi