Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida matbuot anjumani hamda boshqarma huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2024-01-26 09:00:00 / Matbuot anjumanlari

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bugun, 25-yanvar kuni oʻtgan hisobot yili davomida viloyatda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida olib borilgan profilaktik tadbirlar va ularning natijadorligi, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda joriy 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha keng jamoatchilikka axborot berish, sohaga taalluqli muammoli savollarga oydinlik kiritish hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida navbatdagi matbuot anjumani hamda viloyat IIB huzuridagi Jamoatchilik kengashining yarim yillik hisobot yigʻilishi oʻtkazildi.
Matbuot anjumanini boshqarma Axborot xizmati boshligʻi podpolkovnik Shuhrat Jalolov ochib berib, ishtirokchilarni kun tartibi bilan tanishtirdi.
Shundan soʻng, viloyat IIB boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov anjuman kun tartibidagi masala boʻyicha batafsil maʼlumot berdi.
Bunda, tizimda amalga oshirilayotgan manzilli chora-tadbirlar, sohani “Xalq manfaatlariga xizmat qiladigan ijtimoiy yoʻnaltirilgan professional tuzilmaga aylantirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritildi.
Shuningdek, boshqarma boshligʻi tomonidan aholi muammolarini hal etishda “fuqarobay“ ishlash orqali huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasini taʼminlash hamda ”Xavfsiz hudud” tamoyili asosida jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.
Tadbirning ikkinchi qismida boshqarma huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik kengashining muhim masalalari hamda uning aʼzolari ishtirokida xodimlar faoliyatini shaffof tahlil qilish, kuzatish va xulosaviy fikr bildirishda oʻziga xos yangicha yondashuv asosida olib borilayotgan chora-tadbirlar ish samaradorligini oshirish barobarida xalq osoyishtaligi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda muhim sanalishi borasida fikr-mulohazalar yuritildi.
Matbuot anjumani soʻngida sohaga taalluqli OAV vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga boshqarma boshligʻi va tegishli sohaviy xizmat masʼullari tomonidan batafsil javoblar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati