Asosiy kontentga o'tish

Har bir murojaat nazoratda

2024-01-26 09:00:00 / Yangiliklar

Aholi bilan yaqin muloqotda boʻlish, ularning muammolarini tinglash va ijobiy hal etish ayni kunda har bir rahbarning kundalik ishiga aylangan.

Poytaxt IIBB va uning quyi tizimlarida oʻtkazib kelinayotgan sayyor va shaxsiy qabullar aholini oʻylantirayotgan masalalarni hal etish maqsadida oʻtkazib kelinmoqda.

Toshkent shahar IIBB boshligʻi general-mayor Aziz Tashpulatovning shaxsiy qabuliga joriy yilning 20 kuni davomida 58 nafar fuqarolar murojaat qilgan.

Murojaatlarning 25 tasi joyida ijobiy hal etilgan, 20 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgan, 13 ta murojaat yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, hal etish uchun muddat belgilangan.

Misol uchun, Yangihayot tumanida istiqomat qiluvchi N.Ikrom yangi qurilgan koʻp qavatli uylardan biriga koʻchib kirganligini, lekin quruvchilar tomonidan elektr tokini xonadonga ulash uskunasi oʻrnatilmaganligini bildirib, ushbu muammoni hal qilishda amaliy yordam soʻragan. Uning muammosi oʻrganilib, xonadondagi elektr toki umumiy yoʻlakdagi hisoblash uskunasiga ulab berilgan.

Yana bir fuqaro O.Shoira nafaqada ekanligini, lekin yana ishlash ishtiyoqi borligini maʼlum qilib, ish topib berishda amaliy yordam soʻragan. Uning murojaati ham oʻrganilib, ijobiy hal etildi. Oʻz uyiga yaqin joyda – Yangihayot tumanidagi davlat tashkilotlaridan biriga yordamchi xodim sifatida ishga joylashtirildi.

Bundan tashqari bosh boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkazilgan shaxsiy qabullar davomida 227 ta murojaatchining muammolari oʻrganilib, hal etilgan.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

88

Oxirgi yangilanish: 2024-01-26 13:08:19

Har bir murojaat nazoratda