Asosiy kontentga o'tish

IIV Akademiyasining professor-o‘qituvchilari hamda kursantlar bilan master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi

2024-01-24 15:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 23 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Axborot resurs markazidagi himoyalar zalida Maʼmuriy-tashkiliy faoliyati fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda “Tashkiliy-shtab faoliyati” taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kursantlari bilan nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departament boshlig‘ining o‘rinbosari Yuridik taʼminlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik F.Yu.Badalboyev ishtirokida master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departament boshlig‘ining o‘rinbosari Yuridik taʼminlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik F.Yu.Badalboyev Yuridik taʼminlash boshqarmaning faoliyati, IIV tizimidagi normativ-huquqiy hujjatlarning tayyorlanish bosqichi, ularga qo‘yiladigan talablar, vazirliklar, qo‘mitalar va agentliklar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Mazkur master-klass mashg‘ulotida kursantlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi va berilgan savollarga O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departament boshlig‘ining o‘rinbosari Yuridik taʼminlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik F.Yu.Badalboyev tomonidan atroflicha javoblarni olishdi.

Maʼmuriy-tashkiliy faoliyati fakulteti boshlig‘i, polkovnik S.N. Berdiqulov

155

Oxirgi yangilanish: 2024-01-24 15:46:14

IIV Akademiyasining professor-o‘qituvchilari hamda kursantlar bilan master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi