Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Toshkent mintaqasining Chuqursoy, Keles temir yoʻl bekatlarida xavfsizlikni taʼminlash boʻlimlari, Neft hamda “GM Uzbekistan” mahsulotlarini kuzatish batalyonlariga tashrif buyurdi
2024-01-24 12:00:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasining Chuqursoy hamda Keles temir yoʻl bekatidagi boʻlimi xodimlar bilan uchrashib, 2024-yil uchun moʻljallangan bir qator manzilli chora-tadbirlarni jadallashtirish, xususan temir yoʻl transportida yoʻlovchi fuqarolar va tashilayotgan yuk vagonlarining xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xodimlar oʻrtasida xizmat va ijro intizomi, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlari, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bir qator vazifalar berildi.
Shuningdek, Chuqursoy temir yoʻl bekati hududida joylashgan Neft hamda “GM Uzbekistan” mahsulotlarini kuzatish batalyoni xodimlari tomonidan qoʻriqlanib kuzatiladigan yuk vagonlarning butligini taʼminlash, xodimlarning xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish, batalyon maʼmuriy binosida yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirilib, Keles temir yoʻl bekatida bojxona hamda chegara xizmati xodimlari bilan uchrashib, doimiy hamkorlikda ish olib borish, hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi, mavjud resurslardan unumli foydalanish, shuningdek ish jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalarini qoʻllash orqali ish samaradorligini kuchaytirish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi