Buxoro viloyati IIB boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida Olot tumanida jinoyatchilikni oldini olish borasidagi ishlar natijadorligi yuzasidan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
2024-01-23 11:55:00 / Yangiliklar
![Buxoro viloyati IIB boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida Olot tumanida jinoyatchilikni oldini olish borasidagi ishlar natijadorligi yuzasidan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fc89ba7cd-bf4c-d56d-098b-a631041651b3_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Bunda, joriy yilning buguniga qadar sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning sabablari tahlil qilinib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab olindi.
Shuningdek, oʻtgan hisobot yilida tumanda jinoyatchilikni oldini olish borasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, mahallalarda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.
Yigʻilish yakunida masʼullarga ijrochilik intizomiga qatʼiy rioya qilish, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi kechiktirib boʻlmas tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va samarali tashkil etish borasida tegishli koʻrsatmalar berildi.
Boshqarma boshligʻi boshchiligida oʻtkazilayotgan bu kabi muhokamalar Buxoro viloyati boʻylab davom etmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati