Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov tomonidan Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi 7531-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilariga bir qator ustuvor vazifalar belgilandi
2024-01-19 13:00:00 / Yangiliklar

Dastavval IIV Vaziri oʻrinbosari yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda eng avvalo jangovar vazifalarni aʼlo darajada bajarish, tinchlikdek bebaho neʼmatni chuqur anglagan holda unga barchamiz masʼul ekanimizni unutmasdan, doimo sergak va ogoh boʻlib xizmat qilish kerakligi haqida soʻz yuritib, harbiy qismda qorovul jangovar xizmatiga tayinlangan shaxsiy tarkib bilan suhbatlashdi.
Sud va rejali temir yoʻl qorovullari bilan jangovar xizmatni tashkillashtirish boʻyicha bir qator koʻrsatmalar berib, konvoylash qorovullari bilan oʻtkazilayotgan amaliy tayyorgarlik mashgʻulotlarining olib borish jarayoni bilan yaqindan tanishib, maxsus transport vositalarining ishchi holatdaligi va qism avtosaroy hududidagi texnikalar yuzasidan koʻrsatmalar berib oʻtdi.
Qorovul qoʻshinlari qoʻmondoniligi ofitserlari, harbiy qism komandiri va batalyon komandiri hamda ularning oʻrinbosarlari tomonidan Qoʻriqlab borish boʻyicha barcha turdagi qorovullik jangovar xizmatiga jalb etiladigan harbiy xizmatchilarni jangovar xizmatga tanlash, tayyorlash, tayinlash jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan barcha turdagi amaliy mashgʻulotlarning oʻtkazilishi va puxta tayyorgarlik koʻrilganligini, koʻzdan kechirib qoʻshimcha ravishda konvoylash boʻyicha maxsus avtomobillarda qoʻriqlashni tashkillashtirish boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.
Harbiy xizmatchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida serjant va ofitserlarning masʼuliyatini oshirish kerakligini taʼkidlab, boʻlinmalarda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart sharoitlar va navbatchilarning xizmat olib borishi boʻyicha koʻrsatmalar berib oʻtildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi