IIV Malaka oshirish institutida qisqa muddatli maxsus oʻquv kurslarida tinglovchilarning bilim va koʻnikmalari mustahkamlanmoqda
2024-01-19 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida ovchilar jamoat birlashmalari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ovchilar jamoat birlashmalari hamda ichki ishlar organlarining nazorat-litsenziyalash faoliyatini tashkil etish boʻlinmalari xodimlarini “Fuqarolarni quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli maxsus oʻquv kurslari”da oʻqitadigan instruktorlarni tayyorlash boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari olib borilmoqda.
Mashgʻulotlar davomida tinglovchilarning huquqiy tayyorgarlik, ov qurollaridan foydalanish va birinchi tibbiy yordam koʻrsatish borasidagi bilim va koʻnikmalari yanada mustahkamlanmoqda.
IIV Malaka oshirish instituti