Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev masʼullar ishtirokida viloyat hududidagi jinoyatchilik ahvolini muhokama qildi
2024-01-19 09:00:00 / Yangiliklar

Yigʻilishda, Boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman IIB rahbariyati ishtirok etishdi.
Dastlab yigʻilishda, 2023-yil va joriy yilning oʻtgan davri mobaynida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar atroflicha tahlil qilinib, bu borada yetarlicha ish tashkil etmagan masʼul rahbarlar keskin ogohlantirildi.
Shuningdek, 2023-yil davomida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklardan toʻgʻri xulosa chiqargan holda joriy yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Muhokama soʻnggida, Boshqarma boshligʻi masʼullarga hududlarda tizimli ish tashkil etib, jinoyatchilikni oldini olish, ayniqsa “qizil” toifadagi mahallalarda aholi oʻrtasida keng miqyosda profilaktik targʻibot tadbirlarini kuchaytirish, profilaktika inspektorlarini masʼuliyatini yanada oshirish, mahalla faollari bilan oʻzaro hamkorligini mustahkamlash va fuqarolarning murojaatlari boʻyicha belgilangan muddatlarda qonuniy qaror qabul qilish hamda boshqa masalalar yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati