Toshkent viloyati Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi
2024-01-18 17:20:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning hududiy tizimlari tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda IIBB MvaFRB boshligʻi podpolkovnik Nilufar Giyasovaning hisoboti eshitildi.
Tadbirda amalga oshirilgan ishlar bilan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga joriy yilda yoʻl qoʻymaslik, fuqarolarga davlat xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash boʻyicha zarur choralar belgilandi.
Tadbir davomida Toshkent viloyati IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Jaxongir Abdujalilov va IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi viloyat boʻlimi mutasaddilari tomonidan xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash, salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish zarurligi tushuntirildi.
Toshkent viloyati IIBB