Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2023-yil davomidagi ish faoliyati sarhisob qilindi
2024-01-18 11:20:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 17-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirligida, vazir oʻrinbosari podpolkovnik A. Utemuratov raisligida Ichki ishlar organlari tergov va ekspert-kriminalistika boʻlimlarining 2023-yil davomidagi ish koʻrsatkichlarini muhokama qilish, erishilgan natijalar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan tezkor yigʻilish oʻtkazildi.
Tanqidiy ruhda oʻtkazilgan tezkor yigʻilishda sohaviy xizmat tomonidan 2023-yil davomida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab boʻlgan omillar, shuningdek, xodimlarning tartib va ijro intizomiga rioya qilishlari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti