Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish borasidagi chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
2024-01-14 12:00:00 / Yangiliklar

Bunda, joriy yilning birinchi oʻn kunligida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning sabablari batafsil tahlil qilinib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan manzilli ishlar belgilab olindi.
Shuningdek, oʻtgan hisobot yilida viloyatda jinoyatchilikni oldini olish borasida yoʻl qoʻyilgan tizimli kamchiliklar, mahallalarda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.
Yigʻilish yakunida barcha sohaviy xizmatlar, hududiy ichki ishlar organlari rahbar va masʼul xodimlarining har biridan ijrochilik intizomiga qatʼiy rioya qilishlari, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi kechiktirib boʻlmas tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va samarali tashkil etishlari lozimligi, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbus koʻrsatib, qoʻl ostidagi xodimlarga shaxsiy namuna koʻrsatishlari talab qilindi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati