Navoiy viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Xavfsiz tun” keng qamrovli profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda
2024-01-04 09:30:00 / Yangiliklar

Joylarda IIB xodimlari uchun tungi yoʻriqnoma oʻtkazilib jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha topshiriqlar berildi. “Xavfsiz tun” tadbirlari davomida tungi vaqtda faoliyat olib borayotgan savdo shoxobchalari, koʻngilochar, maishiy xizmat koʻrsatish hamda umumiy ovqatlanish joylarida tushuntirish ishlari olib borildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati