Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev navbatdagi “qizil” toifadagi mahallalar xodimlari faoliyatini oʻrgandi
2024-01-01 12:15:00 / Yangiliklar
Boshqarma boshligʻi Chust tuman hokimi va boshqa masʼul rahbarlar bilan birgalikda uzoq muddat davomida jinoyatlar salmogʻi yuqori boʻlib kelayotgan “Sadacha”, “Kamarsada”, “Pansada” hamda “Munchoqtepa” mahallalari xodimlarining ish faoliyatlari va yoʻl qoʻygan kamchiliklarini tanqidiy ruhda muhokama qildi.
Muhokama davomida mahalla faollari va shu hududlarga biriktirilgan masʼul xodimlarning jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga birdek javobgar ekanligini taʼkidlab, kelgusida ushbu mahallalarda targʻibot tadbirlarini jadallashtirish, aholi muammolarini “fuqarobay”, “xonadonbay”, “mahallabay” oʻrganish, hududni toʻliq videokuzatuv kameralari bilan jihozlash, ijtimoiy profilaktika yoʻnalishida oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati