Namangan viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Elyorbek Ganiyev Uychi tumanining “qizil” toifadagi mahallalarini oʻrgandi
2023-12-26 14:10:00 / Yangiliklar

Bugun Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari Uychi tumanidagi uzoq muddat davomida “qizil” toifada boʻlib kelgan “Beruniy” va “Bogʻ” mahallalari xodimlarining oʻtgan davr mobaynida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirgan ishlarini tanqidiy ruhda tahlil qildi.
Oʻrganishlar yakunida mazkur “qizil” toifadagi mahallalarni bosqichma bosqich “yashil” toifaga oʻtkazish maqsadida mahalla xodimlari oʻzaro hamkorlikda tizimli ish tashkil etish, aholi muammolarini “mahallabay” oʻrganish orqali ijobiy hal etish yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati