Tergov departamenti xodimlari Belorussiya Tergov qoʻmitasining faoliyati bilan yaqindan tanishishdi
2023-12-26 08:10:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 18-dekabr kunidan 22-dekabr kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xodimlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Belorusiya Respublikasiga tashrif buyurib, Tergov qoʻmitasi va uning qoʻyi boʻlinmalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Tergov departamenti vakillarining qoʻmitaga tashrifi chogʻida, tergovchilarning vakolati, xodimlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarni yangi turlari va ularni fosh etish va tergov qilish mexanizmlari bilan yaqindan tanishib, Tergov qoʻmitasining Raqamli rivojlanish bosh boshqarmasi va qoʻmitaning Minsk shahridagi boshqarmasi faoliyatini oʻrganishdi.
Belorusiya markaziy tergov organining faoliyatini oʻrganishdan asosiy maqsad, qoʻmitaning jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati, tizimning raqamlashtirish tajribasi, dasturiy taʼminotlari hamda yangi turdagi jinoyatlarni tergov qilishning zamonaviy taktika va metodikalarni oʻrganish va milliy tergov amaliyotiga joriy etishdir.
Tashrif jarayonida, oʻzbek delegatsiyasi Tergov qoʻmitasi raisi adliya general mayori D.Gora bilan uchrashib, tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik va istiqbolli rejalar boʻyicha suhbatlashib, ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash yuzasidan bir qator chora-tadbirlar toʻgʻrisida fikr almashishdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti