Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida sayyor qabul tashkil etildi
2023-12-24 11:55:00 / Yangiliklar
Fuqarolar kundalik hayoti, turmush tarzi va maishiy muammolarini oʻrganish hamda bandligini taʼminlash maqsadida IIV masʼul xodimi polkovnik Ismoil Himmatov va Viloyat IIB HPB boshligʻi polkovnik Ruslan Temirov Kasbi tumani Nazartepa mahallasida joylashgan 42-sonli maktab binosida Sayyor qabul oʻtkazdi.
Jismoniy va yuridik shaxslar hamda tadbirkorlarning murojaatlarini qabul qilishda 42 nafar fuqarolar ishtirok etib, 23 nafari oʻz muammolari yuzasidan murojaat qildi. Sayyor qabulda fuqarolardan tushgan murojaatlar masʼul rahbarlarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi. 8 ta fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi va 8 nafar murojaatlar qabul davomida ijobiy hal etildi.
Jumladan, oʻzini oʻzi band qilish istagida boʻlgan 2 nafar ayolga subsidiya asosida tikuv mashinalari berilib murojaati ijobiy hal etildi. Qabul davomida ushbu 42-sonli maktab oʻquvchilari orasidan fan olimpiadalariga borib yaxshi natijaga erishgan yoshlarni Viloyat IIB JXX HPB boshligʻi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati