Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshligʻi general mayor Azizbek Ikramov hamda boshliq oʻrinbosarlari ishtirokida fuqarolar uchun navbatdagi qabul oʻtkazildi
2023-12-24 11:40:00 / Yangiliklar
Viloyat IIB tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish jadvali ishlab chiqilgan boʻlib, boshqarma boshligʻi va uning oʻrinbosarlari tomonidan muntazam ravishda qabullar tashkil etilyapti.
Jumladan, viloyat IIBda tashkil etilgan navbatdagi qabul jarayonida 37 nafar fuqarolarning murojaatlarida koʻtarilgan masalalar sinchkovlik bilan oʻrganildi.
Qabulda ishtirok etgan fuqarolardan 11 nafarining murojaati joyida ijobiy hal qilindi. 9 ta murojaatlarning ijrosi muddat talab qilganligi sababli alohida nazoratga olinib, sohaviy xizmatlarga tegishli topshiriqlar berildi. 17 murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati