Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov Vobkent tumanida sayyor qabul oʻtkazdi
2023-12-24 11:25:00 / Yangiliklar
Sayyor qabulda tuman sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa mutasaddi idoralar masʼullari, mahalla xodimlari hamda murojaatlariga yechim izlab kelgan fuqarolar ishtirok etdilar.
Qabulda koʻtarilgan 15 ga yaqin fuqarolarning turli ijtimoiy-iqtisodiy murojaatlari birma-bir koʻrib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etildi.
Ish yurituviga olingan, qoʻshimcha oʻrganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga ijobiy hal etish borasida manzillari aniq topshiriqlar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati