Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general mayor B. Mirzaraximov tomonidan Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi va 7531-sonli harbiy qism rahbar xodimlariga manzilli chora-tadbirlar yuzasidan bir qator vazifalar belgilandi
2023-12-20 16:30:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 20-dekabr kuni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B. Mirzaraximov Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi va 7531-sonli harbiy qismning qorovul jangovar xizmatiga tayinlangan shaxsiy tarkib bilan suhbatlashdi.
Sud va rejali temir yoʻl qorovullari bilan jangovar xizmatni tashkillashtirish boʻyicha bir qator koʻrsatmalar berib, konvoy qorovullari bilan oʻtkazilayotgan amaliy tayyorgarlik mashgʻulotlarining olib borish jarayoni bilan tanishib, qoʻriqlash va kuzatish yuzasidan bir qator koʻrsatma va vazifalar berdi.
Harbiy qism komandiri va batalyon komandiri hamda ularning oʻrinbosarlari tomonidan qoʻriqlab borish boʻyicha barcha turdagi qorovullik jangovar xizmatiga jalb etiladigan harbiy xizmatchilarni jangovar xizmatga tanlash, tayyorlash, tayinlash jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan barcha turdagi amaliy mashgʻulotlarning oʻtkazilishi, harbiy xizmatchilarning kasb mahorati, harbiy xizmatda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan intizomni buzish holatlarini oldini olish, yakka va guruh tarkibdagi suhbatlarni koʻproq tashkillashtirilishi, qoʻl ostidagi shaxsiy tarkibning psixologik holati ijtimoiy ahvoli boʻyicha chuqurroq oʻrganish kabi harbiy qism boʻlinma komandirlariga koʻrsatmalar berib oʻtdi.
Shuningdek, shaxsiy tarkibining kuchaytirilgan xizmat vaqtidagi jangovar xizmat faoliyati, oʻquv mashgʻulotlari, texnik taʼminoti holati, harbiy xizmatchilarning xizmat olib borishi, ichki va kundalik tartibning tashkil etilishi, qoʻriqlash va himoya qilish boʻyicha harbiy xizmatchilarning harakatlari, jangovar shaylikni taʼminlashdek muhim vazifalarni taʼkidlab, ularning ijtimoiy himoyasi boʻyicha suhbatlar oʻtkazildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi