Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov Olot va Shofirkon tumanlarida sayyor qabul oʻtkazdi
2023-12-20 10:05:00 / Yangiliklar
Sayyor qabullarda tumanlar sektor rahbarlari, 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa mutasaddi idoralar masʼullari, “mahalla yettiligi” hamda murojaatlariga yechim izlab kelgan fuqarolar ishtirok etdilar.
Qabulda koʻtarilgan 20 dan ortiq fuqarolarning turli ijtimoiy-iqtisodiy murojaatlari birma-bir koʻrib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etildi.
Ish yurituviga olingan, qoʻshimcha oʻrganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga ijobiy hal etish borasida manzillari aniq topshiriqlar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati