Nazariy va amaliy koʻnikmalarda ustoz va shogird anʼanasining oʻrni
2023-12-18 10:00:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar organlarida xizmatni boshlagan yosh xodim soha sirlarini o‘rganib, yangi ishga moslashishi biroz qiyin. Shu bois, unga kasb sirlarini o‘rgatib, kelgusida o‘z ishining malakali mutaxassisi bo‘lishi uchun murabbiy biriktiriladi. Murabbiy, albatta, o‘zining bilimi, insoniy fazilatlari, kasbiga masʼuliyati bilan har tomonlama shogirdiga namuna bo‘lmog‘i lozim.
Tuman IIO FMB 2-sonli IIB surishtiruv guruhi surishtiruvchisi, leytenant Gavharoy Abdumansurova IIV Akademiyasini muvaffaqiyatli bitirib, ilk xizmat faoliyatini boshlaganida unga tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi, podpolkovnik Baxtiyor Abdullayev murabbiy etib biriktirildi.
Podpolkovnik B.Abdullayev shogirdiga jinoyatlarni tergov qilish davomida inson shaʼni, qadr-qimmati har doim birinchi o‘rinda turishi kerakligini uqtirib keladi. Gavharoy yil boshidan buyon firibgarlik, o‘g‘rilik, hujjatlarni qalbakilashtirish, bezorilik, tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq ko‘plab jinoyatlarni sifatli tergov qilib, sud hukmiga topshirdi.
Shuningdek, u fuqarolar bilan muomala qilish, jinoyat ishi bo‘yicha hujjatlarni o‘z o‘rnida qo‘llash, kasbga doir bilim va malakasini muttasil oshirib borish singari zimmasidagi vazifalarni masʼuliyat bilan bajarib, ustozining ishonchini oqlab kelmoqda.
G.Abdumansurova bo‘sh vaqtida kitob o‘qish, chet tillarini o‘rganish, sport mashg‘ulotlari va tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Joylarda, xususan, taʼlim maskanlarida bo‘ladigan uchrashuvlarda yoshlarni turli fan va sport to‘garaklariga jalb etish orqali bandligini taʼminlash ko‘plab jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim o‘rin tutadi deb hisoblaydi...
“Postda” gazetasi, Sherzod Abdusamadov, Toshkent shahri.