Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev Pop tumanidagi “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarni oʻrgandi
2023-12-18 09:00:00 / Yangiliklar

Boshqarma boshligʻi Pop tumanidagi uzoq muddat davomida “qizil” toifada boʻlib kelayotgan “Qoʻshminor” mahallasi, shuningdek, “Oʻrta Xonobod” va “Yuqori Xonobod” mahallalari faoliyatini oʻrgandi.
Oʻrganishlar davomida mahallada jinoyatlar salmogʻi oshishiga sababchi boʻlayotgan omillar chuqur tahlil qilinib, masʼullarning bu boradagi faoliyati tanqid qilindi.
Shuningdek, Boshqarma boshligʻi tumandagi “qizil” toifadagi hududlarda ijtimoiy profilaktika yoʻnalishi boʻyicha mahalla va hududga biriktirilgan xodimlarning hamkorligini yanada kuchaytirish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha aniq topshiriq hamda koʻrsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati