Asosiy kontentga o'tish

Buxoro viloyatida Prezident qarorlari ijrosi va sohada yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar yuzasidan tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi

2025-03-25 11:15:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati hokimi B.Zaripov, viloyat prokurori U.Xamdamov va viloyat IIB boshligʻi I.Tursunovlar tomonidan Prezidentning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda “Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosi va sohada yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar yuzasidan tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda maqsadli koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, namunali xavfsiz yoʻlak va koʻchalarni tashkil etish, mahallalarni toʻliq videokuzatuv bilan qamrab olish, aholining huquqiy ongini oshirish, “mahalla yettiligi” tomonidan “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida faoliyatni yanada jadallashtirish, har bir “qizil” va “sariq” toifali mahallalar boʻyicha manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berilib, ushbu yoʻnalishni nazoratga olish boʻyicha aniq talablar qoʻyildi.

Masʼullar kelgusida bu kabi holatlar kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohlantirilib, chorak yakuniga qadar aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha qator topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbari raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosi va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

281

Oxirgi yangilanish: 2025-03-25 21:45:02

Buxoro viloyatida Prezident qarorlari ijrosi va sohada yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar yuzasidan tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi