Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligida Nukus tumanida sodir etilgan ogʻir oqibatli jinoyatlar muhokama qilindi
2025-03-25 11:20:00 / Yangiliklar

Soʻnggi vaqtda Nukus tumanida sodir etilgan ogʻir oqibatli jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va kelgusida bunday salbiy holatlarning oldini olishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va tegishli idora tashkilot rahbarlari, Ichki ishlar organlari xodimlari, shuningdek mahalla fuqarolar yigʻinlari vakillari ishtirok etdi. Taʼkidlanganidek, ayrim hududlarda mahalla yettiligi tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar toʻgʻri tashkil etilmaganligi ogʻir oqibatli jinoyatlar sodir etilishiga sabab boʻlmoqda. Shu bois yigʻilishda mahalla fuqarolar yigʻinlari vakillari va hamkor tashkilotlar xodimlariga sodir etilgan holatlardan toʻgʻri xulosa chiqarib, kelgusida bunday jinoyatlarning oldini olish borasidagi ishlarni kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.
Tadbir yakunida kelgusida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning, shuningdek, boshqa favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha yigʻilgan masʼul xodimlarga vazifalar belgilab berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati