Namangan viloyati IIBda Navro'z bayrami ko'tarinki ruhda nishonlandi
2025-03-25 09:30:00 / Yangiliklar

Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i so‘z olib, yig‘ilganlarni samimiy qutlab, o‘zining iliq tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
Tadbir davomida ichki ishlar organlarida ko‘p yillik fidoyi xizmatlari, mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash hamda uning oldini olishdagi munosib hissasi uchun bir guruh xodimlar “A’lo xizmatlari uchun”, “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ikkinchi va uchinchi darajali ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, bir qancha xodimlar Ichki ishlar vazirligining “Faxriy yorlig‘i”, “Esdalik qo‘l soati” hamda pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi. Ushbu e’tibor va rag‘bat tizimda xizmat qilayotgan barcha shaxsiy tarkib uchun haqiqiy bayram tuhfasiga aylandi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati (https://t.me/namanganiibuz)