Saxovatli zamin posbonlari. Zamonaviy texnologiyalar yordamida
2025-03-20 08:05:00 / Yangiliklar

Tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi xodimlari joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 80 nafar oʻgʻil-qizga ilk marotaba ID-kartalar topshirildi. Bundan tashqari, 777 nafar fuqaroga muddati tugaganligi va boshqa sabablarga koʻra ID-kartalar rasmiylashtirib berildi.
Nairya Grigoryan oilasi bilan tumanning «Shoʻrkoʻl» mahallasida istiqomat qiladi. Ayrim sabablarga koʻra, koʻp yillardan buyon uning fuqaroligi boʻlmagan. Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Nairya opa Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilindi.
- Tuman hududidagi ayrim korxonalarda chet elliklar ham faoliyat olib borishadi. Shuning uchun ularning oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtishini muntazam nazoratga olganmiz. Qonunchiligimizga zid holda istiqomat qilayotgan yoki ishlayotgan chet el fuqarolariga nisbatan tegishli chora koʻramiz. Masalan, yaqinda Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzgan 8 nafar xitoylik fuqaroga nisbatan maʼmuriy chora koʻrildi. Bunday qoidabuzarlikni bir necha marta sodir etgan bir nafar chet ellik fuqaro mamlakatimiz hududidan chiqarib yuborildi, — deydi katta mutaxassis, kapitan Amin Hikmatov.
Hozirgi kunda boshqa jabhalarda boʻlgani singari, sohada ham hujjatlashtirish jarayonlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida amalga oshirilmoqda. Bu esa fuqarolar uchun qulaylik yaratib, ortiqcha sarsongarchilik va vaqt yoʻqotishning oldini olyapti.