Axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlarni aniqlash va fosh etish hamda sohaga oid murojaatlar yuzasidan seminar-trening oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi
2025-03-19 11:10:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Tergov departamenti, Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, Qashqadaryo viloyati prokuraturasi hamda Qashqadaryo viloyati IIBning masʼul xodimlari ishtirokida joriy yilning 17-mart kuni viloyat IIB va uning quyi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan soha-xizmat xodimlariga axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlarni aniqlash va fosh etish hamda sohaga oid murojaatlar yuzasidan kechiktirib boʻlmas harakatlarni amalga oshirish boʻyicha videokonferensiya orqali seminar-trening oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Oʻquv mashgʻulotida masʼullar tomonidan xodimlarning murojaatlarni oʻrganish jarayonida yoʻl qoʻyayotgan kamchiliklarini bartaraf etishga oid tavsiyalar aniq misollar yordamida tushuntirib berildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati