Kibersavodxonlikni oshirish ustuvor vazifa
2025-03-13 10:15:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi xodimlari hamda Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Kibersavodxonlikni oshirish ustuvor vazifa“ mavzusida bank xodimlari ishtirokida targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazildi.
Unda soʻngi vaqtlarda avj olayotgan firibgarlik turlari haqida soʻz yuritildi. Xususan, fuqarolarning bank plastik kartalaridan pullarini yechib olish bilan bogʻliq firibgarlik holatlariga urgʻu berildi. Bank va mijozlar oʻrtasidagi hamkorliklar va xavfsizlik talablarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Bunday targʻibot tadbirlaridan koʻzlangan asosiy maqsad, yurtdoshlarimizni kiberjinoyatlardan ogohlantirishdan iborat.
IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi