Samarqand viloyati Ichki ishlar organlari maʼmuriy binolarida amalga oshirilayotgan qurilish va taʼmirlash jarayonlari oʻrganildi
2025-03-09 12:35:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati IIB PPXB binosida amalga oshirilayotgan kapital taʼmirlash jarayonlari koʻzdan kechirildi. Shinam va zamonaviy taʼmirlanayotgan binoda barcha qulayliklar yaratilishi, bugungi davr talablariga toʻliq javob berishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, boshqarma boshligʻi Oqdaryo tumanida boʻlib, tuman ichki ishlar boʻlimi uchun qurilayotgan yangi maʼmuriy binoning qurilish jarayoni, bu yerda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishdi.
Boshqarma boshligʻi qurilish jarayonlarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni qisqa va tez fursatda bartaraf etish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berdi. Bu borada kelgusida qilinishi lozim boʻlgan ishlar hamda ishni tez va sifatli tashkil etishga ahamiyat qaratish zarurligi qayd etildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati