“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
2025-03-09 11:45:00 / Yangiliklar

Tantanali tadbirga viloyat ichki ishlar organlari tizimida el-yurt osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida samarali xizmat qilayotgan xotin-qizlar, erkin yollangan opa–singillar, xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari hamda ichki ishlar organlari faxriy xodimalar taklif etildi.
Bayram tadbirini viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov ochib, Ichki ishlar vazirining ichki ichki ishlar organlari xotin-qizlari, faxriylari va xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.
- Muhtaram Prezidentimiz mamlakatmiz xotin-qizlari bilan boʻlgan uchrashuvda “Oldimizga barcha soha va yoʻnalishlarda gʻoyat ulugʻvor maqsadlarni qoʻymoqdamiz. Bunga erishish uchun biz tayanadigan yetuk avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish siz, azizlarning – fidoyi onalarning qoʻlida” – deya bejizga taʼkidlamadilar.
Erkaklar bilan yelkama-yelka davlat organlarida, harbiy tuzilmalar va ichki ishlar organlarida yurt tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olishda fidokorona xizmat qilib, faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh xodimalar Ichki ishlar vaziri hamda boshqarma boshligʻining buyrugʻiga asosan koʻkrak nishonlari, maxsus unvonlar, esdalik qoʻl soatlari va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
Xotin-qizlar bayramida viloyatning bir qator taniqli sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha fayz bagʻishlab, bayram kayfiyatini ulashdi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati