“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan ayol xodimlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi
2025-03-09 11:30:00 / Yangiliklar

Mazkur tantanali marosimda viloyat IIBB boshligʻi general-mayor Tohir Aripov boshchiligida shaxsiy tarkib hamda sohaning faxriy xodimlari ishtirok etdi.
Bosh boshqarma rahbari tadbirni ochib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Aziz Tashpulatovning Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi va tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni samimiy muborakbod etib, ularning ichki ishlar organlaridagi oʻrni va xizmatlarini alohida eʼtirof etdi. Shuningdek, u ayol xodimlarga ezgu tilaklarini bildirib, ularning mashaqqatli, shu bilan birga sharafli faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Bayram munosabati bilan oʻz xizmat vazifalarini sidqi dildan ado etib, oʻz kasbiga sadoqat bilan yondashayotgan, hamkasblariga ibrat boʻlib kelayotgan bir guruh fidoyi ayol xodimlar Ichki ishlar vazirligi tomonidan munosib taqdirlandi. Mukofotlarni IIBB boshligʻi tantanali tarzda topshirdi.
Xususan, “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan podpolkovnik Yunusova Diana Saidganievna, I darajali “Benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan kapitan Tulyaganova Adolat Hidoyatovna, II darajali “Benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan kichik serjant Abdurasulova Nigora Sagdillaevna, podpolkovnik Zakirova Nasiba Zokirovna, III darajali “Benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan leytenant Arifjonova Zarina Tuxtabulatovna, safdor Kamolova Dildora Mirtoirovna, “Faxriy yorligʻi” bilan safdor Abdurasulova Gauxar Imomxoʻjaevna, kapitan Saydinova Sitora Zokirjon qizi, “Esdalik qoʻl soati” bilan leytenant Furqatova Shahnoza Furqat qizilar taqdirlandi.
Shuningdek, IIV tomonidan mayor Mirzakarimova Gulbahor Mirahmedovnaga muddatidan oldin ragʻbatlantirish tariqasida “podpolkovnik” maxsus unvoni berildi.
Bundan tashqari, oʻz vazifasini vijdonan bajarib, masʼuliyat bilan xizmat olib borayotgan 310 nafar ayol xodim pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilgani eʼlon qilindi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati