Andijon viloyatida profilaktika katta inspektorlariga uchuvchisiz uchish apparatlari — dronlardan foydalanish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi
2025-03-06 11:55:00 / Yangiliklar

IIV JXD Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati masʼul xodimlari tomonidan Andijon shahri va Shahrixon tumanlarida profilaktika katta inspektorlariga uchuvchisiz uchish apparatlari — dronlardan foydalanish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Oʻquv mashgʻulotlarida malakali mutaxassislar tomonidan uchuvchisiz uchish apparatlarining taktik-texnik xususiyatlari, ulardan xizmat vaqtida foydalanish tartiblari xususida atroflicha tushunchalar berildi.
Taʼkidlash joiz, profilaktika inspektorlariga drondan foydalanish uchun ruxsat berishdan koʻzlangan asosiy maqsad oʻz xizmat hududlarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, hududni koʻzdan kechirish va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati