Surxondaryoda kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadiga qaratilgan “Dolzarb qirq kun” tezkor-profilaktik tadbiri oʻtkazilishi davom etmoqda
2023-12-02 06:55:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari tomonidan Termiz tumani hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt jilovlash hamda bu borada amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha tungi yoʻriqnoma oʻtkazildi. Yoʻriqnomada, tuman IIB boshligʻi, tuman IIB boshligʻining oʻrinbosarlari, tuman IIB Tergov-tezkor guruhiga jalb qilingan ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etdi.
Hududda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan har bir huquq-tartibot organlari xodimlariga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari tuman hududida tungi xizmatni oʻtash, qizil toifadagi mahallalarni oʻrganish maqsadida hududlarda boʻlib, mahallaga biriktirilgan “yettilik” vakillari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan faoliyatlarini koʻzdan kechirib, aniqlangan kamchillik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Tungi oʻrganish davomida, masʼullar probatsiya hisobida turgan shaxslarning xonadoniga borishib, ularning sud tomonidan berilgan taqiqlarga amal qilayotganligi oʻrganildi. Tungi vaqtda bemaqsad yurgan fuqarolar filtr soʻrovdan oʻtkazilib, ular bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Tungi xizmatga jalb qilingan sohaviy xizmat xodimlarining hamkorlikdagi faoliyatlari joyiga chiqilgan holda oʻrganilib, tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Viloyatning barcha hududlarida, kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlari oʻtkazilishi davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati