Namangan viloyat hokimligi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2023-12-02 13:00:00 / Yangiliklar

Yigʻilishda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov, Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi raisining oʻrinbosari – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori Sadirdin Boydedayev, viloyat IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev, markazning masʼul xodimlari, mintaqaviy komissiya aʼzolari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, hududiy studiyalarda esa shahar va tumanlar hokimlari, sektor rahbarlari videokonferensaloqa orqali qatnashdilar.
Muhokama yigʻilishi davomida Boshqarma boshligʻi joriy yilning 10 oyi davomida viloyat IIB va uning quyi tizimlari xodimlari tomonidan giyohvandlik bilan bogʻliq jinoyatlarni aniqlash, ularni barvaqt oldini olish, ayniqsa yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqalishi va noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida ishtirokchilarga axborot berdi.
Shuningdek, hozirgi kunda giyohvand moddalarni noqonuniy muomalaga kiritishning yangicha usullari orqali sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati