“Dolzarb 40 kunlik” doirasida belgilangan vazifalar ijrosi Toshkent viloyati IIBB boshligʻi tomonidan oʻrganildi
2023-12-02 06:00:00 / Yangiliklar

Xabar berilganidek, Toshkent viloyatida kriminogen vaziyatni yaxshilash boʻyicha tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb 40 kunligi” keng masshtabda oʻtkazilmoqda.
Tadbir doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar ijrosi Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Tohir Aripov boshchiligida nazorat qilib borilmoqda.
Xususan, oʻrganishlarning navbatdagi manzili Zangiota tumani boʻlib, xodimlar ishtirokida oʻtkazilgan xizmat oldi yoʻriqnomasidan soʻng, berilgan topshiriqlar ijrosi tun davomida shaxsan rahbarlar tomonidan tekshirildi.
Jarayonda, mahallalarga xizmat koʻrsatuvchi, ichki ishlar organlarining tayanch punktlari hamda navbatchi smenalar faoliyati oʻrganildi.
Shuningdek, hudud boʻylab korxona tashkilotlar va taʼlim muassasalaridagi xavfsizlik, qoʻriqlash xizmatlari va Profilaktika inspektorining xizmat xonasi tekshirilib, olib kelingan fuqarolar bilan suhbatlashildi.
Oʻrganishlar jarayonida, aniqlangan barcha kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida xizmat faoliyatini takomillashtirishga oid maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati