Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Toshkent viloyatida oʻrganishlar olib bormoqda
2023-12-01 21:00:00 / Yangiliklar
![Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Toshkent viloyatida oʻrganishlar olib bormoqda](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F31daa8f8-3ba1-1307-e8a1-d67c629ffced_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Toshkent viloyati hududlarida tuman hokimligi va mutasaddi tashkilot vakillari bilan Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan oʻrganishlar olib bormoqda.
Navbatdagi oʻrganishlar Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahrida boʻlib, Mustaqillik, Mevazor mahallalari, 6-sonli maktabgacha taʼlim va 11-sonli maktab taʼlim muassasalarining maʼmuriy binolari hamda shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimi koʻzdan kechirildi.
Oʻrganishlar davomida, mazkur binolar hamda aholi yashovchi xonadonlarning isitish tizimi, elektr energiyasini oʻtkazuvchi simlar, ichimlik suvi hamda koʻmir zaxirasi va aholi uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganilib, tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklar yuzasidan topshiriqlar berilib, bajarilishi nazoratga olindi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi