Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida Maxsus qabulxonaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Abdullayev ishtirok etdi
2023-12-01 19:00:00 / Yangiliklar
![Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida Maxsus qabulxonaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Abdullayev ishtirok etdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F46609736-5234-6627-6351-7ca0c7c14237_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida viloyatdagi 6 ta shahar-tumanlarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan, 65 oʻrinli maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash Maxsus qabulxonasi oʻz faoliyatini boshladi.
Joriy yilning 1-dekabr kuni mazkur qabulxonaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.T.Abdullayev, viloyat IIB rahbariyati, Shahrisabz shahar sektor rahbarlari, MFY nuroniylari va boshqalar ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.T.Abdullayev soʻzga chiqib, hozirda IIOda olib borilayotgan oʻzgarishlar va yangilanishlar, maxsus qabulxonada yaratilgan shart-sharoitlar xususida toʻxtalib, qabulxonada xizmat faoliyatini boshlayotgan xodimlarga omad tiladi.
Shundan soʻng, Vazir oʻrinbosari general-mayor B.T.Abdullayev va sektor rahbarlari ishtirokida maxsus qabulxona ochilib, tadbir ishtirokchilari tomonidan qabulxonada yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi.