Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev Chortoq tumanida PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
2025-03-03 09:55:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan hududlarda huquq-tartibot maskanlari, “Namunaviy xavfsiz koʻcha” va “Namunaviy xavfsiz yoʻlak”lar tashkil etilmoqda.
Bugun polkovnik Shuxrat Aliyev ana shunday mahallalardan biri —Chortoq tumanidagi “Namangan” mahallasida boʻlib, qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrgandi. Shuningdek, masʼul xodim va mutaxassislar tomonidan yangi qurilayotgan “Huquq-tartibot maskani”ning loyihasi boʻyicha maʼlumotlar berildi. Bundan tashqari, “Namunaviy xavfsiz koʻcha” va “Namunaviy xavfsiz yoʻlak”larni shakllantirishdagi zaruriy chora-tadbirlar va zamonaviy texnika-vositalar namoyish etildi.
Oʻrganishlar davomida qaror ijrosini toʻlaqonli taʼminlash, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, huquq-tartibot maskani faoliyatini belgilangan muddatda yoʻlga qoʻyish va boshqa masalalar yuzasidan sektor rahbarlari hamda boshqa masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati