Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatidagi manzil koloniyalarida qishloq xoʻjaligi faoliyati oʻrganildi
2023-12-01 15:00:00 / Yangiliklar
![Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatidagi manzil koloniyalarida qishloq xoʻjaligi faoliyati oʻrganildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fc4051740-cbe2-06d9-70bd-f8a107408972_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish va yer hisobini yuritish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vazirining topshirigʻiga asosan respublika ishchi guruhi Jizzax viloyatidagi manzil koloniyalarning qishloq xoʻjaligi faoliyati va dala yer maydonlaridan foydalanishi yuzasidan oʻrganishlar olib bordi.
Xususan, respublika ishchi guruhi rahbari, IIV Tashkiliy departamenti boshqarma boshligʻi oʻrinbosari polkovnik N.Qayumov, 3-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshligʻi vazifasini bajaruvchi podpolkovnik I.Xatamov, Zafarobod tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari S.Ergashev, tuman IIB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik M.Nurmatov, tuman kadastr boʻlimi mutaxassisi Yu.Norqulovlar ishtirokida Zafarobod tumanidagi 30-son manzil koloniyasining dala yer maydonlari joyiga chiqqan holda oʻrganilib, qishloq xoʻjaligi ekinlarini tuproq va iqlim sharoitiga mos ravishda yuqori hosildor navlarini ekish, tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etib mineral oʻgʻitlar sarfini kamaytirish, kasallik va zararkunandalarga oʻz vaqtida ishlov berish, yerlarni kuz faslida shudgorlash kabi agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarish orqali yuqori hosildorlikka erishish mumkinligi taʼkidlab oʻtildi.
Oʻrganishlar davomida, tumandagi 31-son manzil koloniyasining yer maydonlarida takroriy ekinlar ekishni koʻpaytirish, dala chetlaridan samarali foydalanish, chorvachilik va baliqchilikni kengaytirish, malakali agronomlarni qishloq xoʻjaligiga ishga jalb etgan holda, ulardan mineral oʻgʻit va kimyoviy preparatlarni ishlatish koʻnikmalarini oʻrganish, boʻsh yerlarni ikkilamchi ijaraga berish, suv tanqisligi yuqori boʻlgan yer maydonlariga qoʻshimcha suv nasoslari oʻrnatish, shuningdek suv lotoklarini taʼmirlash topshiriqlari berildi.