Sirdaryo viloyat IIB boshligʻi polkovnik Sandjar Djabarov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi
2025-03-02 09:00:00 / Yangiliklar

Qabul davomida 15 nafar fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi.
Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy tushuntirishlar berildi.
Har bir murojaatni qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi va ularning ijrosi nazoratga olinib, ayrimlarining huquqiy yechimi yuzma-yuz muloqot doirasida tushuntirildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati