Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Rahmat Mamatovning navbatdagi sayyor qabuli Narpay tumanida tashkil etildi
2025-03-01 10:10:00 / Yangiliklar

Unda fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishga kirish, oʻgʻirlik jinoyatini fosh etish, pul oldi-berdisi kabi masalalar boʻyicha murojaatlari tinglandi. 3 nafar probatsiya nazoratidagi shaxslarning arizalari ham koʻrib chiqildi.
Yuzma-uz qabul doirasida 9 nafar yoshlarga ID-kartalari ham topshirildi. Bayon qilingan murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, yechimini taʼminlash uchun mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati