Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
2025-02-28 17:55:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 28-fevral kuni Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov hamda Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Von Do Yon oʻrtasida ehtirom uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarining huquqiy asoslarini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash, oʻzaro tajriba almashish hamda kadrlar malakasini oshirish kabi hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida tomonlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash borasida istiqbolli vazifalar belgilab olindi.