Toshkent viloyati hududida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov oʻrganishlar olib bormoqda
2023-11-30 15:00:00 / Yangiliklar
![Toshkent viloyati hududida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov oʻrganishlar olib bormoqda](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F713aaf75-e7d2-ee63-d76b-6b92b8046f7f_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Toshkent viloyati hududlarida tuman hokimligi va mutasaddi tashkilot vakillari bilan Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan oʻrganishlar olib bormoqda.
Navbatdagi oʻrganishlar Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida boʻlib, tumanning Koʻksaroy mahallasi yangi qurilayotgan tikuvchilik sexi, 15-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi, mahallada joylashgan xonadonlar va 49-sonli maktablar koʻzdan kechirildi.
Mazkur binolar hamda aholi yashovchi xonadonlarning isitish tizimi, elektr energiyasini oʻtkazuvchi simlar, ichimlik suvi hamda koʻmir zaxirasi va aholi uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganilib, tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklar yuzasidan topshiriqlar berilib, bajarilishi nazoratga olindi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi