Qarshi shahar “Qarliqxona“ mahallasi – jinoyatdan holi hududga aylantirish boʻyicha amaliy ishlar tahlil qilindi
2025-02-28 13:25:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov Qarshi shahrida joylashgan Qarliqxona mahallasini jinoyatdan holi hududga aylantirish boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan oʻrganishlar olib bordi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli Qarori ijrosi boʻyicha Qarshi shahrida joylashgan Qarliqxona mahallasini jinoyatdan holi hududga aylantirish boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan viloyat IIB boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov Qarliqxona mahallasida “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirgan ishlar va faoliyatini tahlil etdi.
Yettilikka belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha tushunchalar berdi. Mahallada aholi gavjum toʻplanadigan joylar, taʼlim muassasalari, koʻchalar, shuningdek jinoyat sodir etilishi ehtimoli yuqori boʻlgan manzillarni kameralashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni koʻzdan kechirib, tavsiya va takliflar berdi.
Viloyatda qaror ijrosi boʻyicha “yoʻl xaritasi”da koʻrsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlari davom etmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati